Zoir To'raqulov: "Sho'rtan" 5ta futbolchini transferga qo'ydi"

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 11:52
Oliy liganing birinchi davrasi yakuniga etganidan so'ng “Sho'rtan” futbolchilariga ham biroz muddat dam berilgandi.
Endi jamoa a'zolari 11 iyul kuni G'uzorda yig'ilishadi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashadi. Demak, asosiy tarkib 11 iyul kuni yig'ilsa, 19 iyulda Toshkentga borib tibbiy ko'rikdan o'tiladi.

Klubda bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Zoir To'raqulovning aytishicha, futbolchilardan Shavkat Raimqulov, Pavel Leus, Shukur Jumaboev, Aziz Mansurov va Muzaffar Umrzoqov transferga qo'yilgan. Katta ehtimol bilan bu o'yinchilar ikkinchi davrani “Sho'rtan”da o'tkazishmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz