Zlatanning AQSH klubidagi maoshi 5 baravar oshishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 dek 2018, 11:32
Zlatan Ibragimovich va "Los-Anjeles Gelaksi" o'rtasida tuziladigan yangi shartnomaning shartlari ma'lum bo'ldi.

37 yoshli shved 2019 yilda 7.5 mln. dollarga yaqin mablag' ishlab topishi kutilmoqda. Agar bu amalga oshsa Zlatan MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Yakunlangan mavsumda shvedning mavsumiy maoshi 1,5 mln. dollar edi. U 27ta uchrashuvda 22ta gol urdi va 10ta golli pas berdi hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

MLS tarixidagi rekord maosh Kakada bo'lgan. 2017 yilgi mavsumda u "Orlando Siti" safida 7,17 mln. dollar ishlab topgan.

"Toronto" hujumchisi Sebastyan Jovinko esa so'nggi mavsum 7,11 mln. dollar daromad ko'rdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN