Zlatan qaychi uslubidagi zarbasi bilan memlar qahramoniga aylandi FOTO

Tolibjon Qosimov
21 noya 2017, 12:33
O'tgan dam olish kunlari APL 12-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Nyukasl"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Ana shu uchrashuvning 77 daqiqasida "qizil iblislar" tarkibida jiddiy jarohatdan keyin Zlatan Ibragimovich ilk bor zaxiradan maydonga tushdi. Tizzasidan olgan jiddiy jarohatdan qaytgan Zlatan qaychi uslubida zarba berib ko'pchilikning e'tiborini tortdi. To'g'ri, uning zarbasini raqib posboni Robert Elliot maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Lekin, uzoq muddat davolangan Ibraning darhol bunaqangi zarba berishi memlar nishoniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia