Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytadimi?

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2020, 15:00
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich to'rt yildan so'ng Shvetsiya terma jamoasiga qaytishi mumkin.

Futbolchi 2016 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 

Shundan so'ng uning qaytishi haqida bir necha bor xabarlar tarqaldi. "Sport" nashrining xabar berishicha Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasining ayni vaqtdagi murabbiyi Janne Anderson bilan uchrashgan. 

Tomonlar hali kelishuvga erishishmagan. 

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz Ibragimovich 2001-2016 yillar oralig'ida Shvetsiya terma jamoasida 116 uchrashuv o'tkazgan va raqiblar darvozasini 62 bor ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport