Zlatan Ibragimovich “Napoli”ga qarshi bahsda jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2020, 08:21
“Milan” A Ceriya 8-turi doirasida safarda “Napoli”ni (3:1) taslim qildi.

Uchrashuvda “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich dublga erishdi. Zlatan ikkinchi bo'limda son mushaklarini jarohatlab olgani boisdan uning o'rniga o'yinni Lorenso Kolombo davom ettirdi. Futbolchining jarohati borasida tibbiy tekshiruvlardan so'ng rasmiy ma'lumot beriladi.

Ibragimovich A Ceriya joriy mavsumida 6 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru