Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted" bazasiga qaytdi

Tolibjon Qosimov
14 iyun 2017, 19:11
Erkin agent maqomiga ega shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted"ning Karringtondagi mashg'ulot bazasiga qaytdi.

Bu haqda "Manchester Evening News" ma'lum qildi. O'yinchi u yerda jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini olib boradi. Klub futbolchiga to'liq tiklanib olgunga qadar bazada ishlashiga ruhsat berdi. Karringtonga Ibragimovich bilan birga MYUning ikki nafar a'zosi Lyuk Shou va Eshli Yanglar ham kelishdi. Ular ham jiddiy jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini boshlab yuborishadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Manchester Evening News