Zlatan Ibragimovich kelajagi haqida fikr bildirdi

Alisher
2 apr 2020, 12:20
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashi mumkinligi bilan bog'liq mish-mishlarga izoh berdi.

38 yoshli shvetsiyalikning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Ko'ramiz, hali nimani istayotganimni ham bilmayman. Italiya - mening ikkinchi uyim, "San-Siro"da o'ynash ajoyib. Aynan italyanlarning futbolga bo'lgan ishtiyoqi menga etmayotgandi.

Men yanada rivojlanishni xohlayman, ammo nafaqat o'zim haqimda, balki atrofimdagi narsalar, jumladan oilam va baxtim haqida o'ylayman. Futbol - karera, ammo hayotda boshqa ko'p narsalar ham bor.

Men yangi narsalarni o'rganishni, inson sifatida rivojlanishni va buni atrofdagilarimga etkazishni xohlayman", - deydi Zlatan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Svenska Dagbladet