

- Barcha bilan, maydonga tushmaganlardan ham faxrlanaman. Birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng qiyin bo'ldi, ammo biz kerakli natijaga erisha oldik. Krishtianu Ronaldu, o'zgacha futbolchi. Uning gollari kerak edi, u gol urdi. Butun jamoa yaxshi o'ynadi, - deydi Zidan AS nashriga.


