Zinedin Zidan: Ronaldu doim maydonda bo'lishni istaydi, ammo...

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 08:31
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan Las-Palmasga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Natija haqida

Futbolda doim oxirigacha kurashish kerak. Sizga ikkita gol urishsa yaxshi emas. 2 ochko yo'qotdik, ammo kurashishda davom etamiz.

Ronalduni almashtirgani haqida

Seshanba kuni Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yinimiz bor. Ronaldu dam olishi kerak. U yaxshi o'ynadi. Seshanba kunini hisobga olib uni almashtirgandim.

Ronalduning g'azablangani haqida

Yo'q bu oshirib yuborildi. Albatta, Ronaldu doim maydonda bo'lishni istaydi, ammo men futbolchilarim haqida qayg'urishim kerak. Ayniqsa Krishtianu haqida. Futbolchilar bazida xordiq chiqarib turishlari kerak.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com