Zinchenko "Manchester Siti"ni "Arsenal"ga almashtirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 may 2022
"Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, London klubi yozgi transfer oynasida ukrainalik futbolchini sotib olishi mumkin. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Zinchenkoni asosiy chap qanot himoyachisi Kiran Tirniga raqobatchi sifatida ko'rmoqda.

25 yoshli Zinchenko joriy mavsumda "Manchester Siti" tarkibida 23 ta o'yinda qatnashib, 3 ta golli pasni amalga oshirdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AFC Report