Zidan "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan futbolchilarga "Real"dan ketayotganini aytgan

Sherzod Nurmatov
16 may 2021, 02:27
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uzoq vaqtdan buyon jamoani tark etish haqida o'ylab kelgan.

"Onda Cero" xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassis jamoa futbolchilariga bir hafta oldin, "Sevilya"ga qarshi o'yin (2:2) oldidan bu haqda ma'lum qilgan.

Zidanning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha "Real"ni boshqargan. Keyin u 2019 yilda klubga qaytdi. Klub uning boshchiligida Chempionlar Ligasini uch marta yutgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Onda Cero