Zidan, Sanol va Makelele Bavariyada amaliyot o'tashadi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2015, 09:29
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Myunxen klubi mashg'ulot bazasida 7 nafar fransiyalik murabbiylarga dars beradi.
Klublar tanaffusga chiqqan vaqtda Bastiya sobiq ustozi Klod Makelele, Bordo ustozi Villi Sanol, Real Madrid Kastilya bosh murabbiyi Zinedin Zidan va Bernar Diomed, Klod Le Rua, Gi Lyakomb va Frank Tivile Gvardiola qo'l ostida amaliyot o'tashadi.

Murabbiylar Bavariya boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge bilan uchrashishdi. Seshanba va chorshanba kunlari ular Gvardiolaning mashg'ulot jarayonini kuzatishadi.

Eslatib o'tamiz, mavsum davomida Zidan va Makelele Marsel bosh murabbiyi Marselo Belsa mashg'ulotlarini kuzatishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru