Zidan: "Ronaldu tatilga munosib, u "Real"da qoladi va nuqta"

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017, 12:48
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning klubdagi kelajagi borasida havotir olayotgani yo'q.

"Ronaldu tatilga haqli, u "Real"da qoladi va nuqta. Biz uni kutamiz" - deydi Zidan.

Iyun oyining o'rtalarida 32 yoshli futbolchi "Real"dan ketishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Bunga 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln. evro miqdorida to'lanmagan soliq sabab qilib ko'rsatilgan. Biroq portugaliyalik forvard Madrid klubida qolishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca