Zidan Peresdan fransiyalik futbolchini sotib olishni so'radi

19 iyul 2020, 21:26
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan, deb xabar berdi Don Balon.

Fransiyalik mutaxassis klub prezidenti Florentino Peresdan shu yozda "Chelsi" futbolchisi Ngolo Kanteni xarid qilishni so'ragan. Takidlanishicha, "aristokratlar" 29 yoshli yarim himoyachini 55 mln funt evaziga qo'yib yuborishlari mumkin. Zidan jamoani tark etishi kutilayotgan Modrichning o'rnini aynan Kante orqali to'ldirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Kante "Chelsi" tarkibiga 2016 yilda "Lester Siti"dan kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon