Zidan: "Men uchun Benzema Platinidan kuchliroq"

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022, 10:39
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan sevimli futbolchisi haqida gapirdi.

"Har kim o'zining sevimli futbolchisini aytishi mumkin. Kimdir ajoyib gollar urgan Jan-Per Papin desa, boshqalar Mishel Platinini tanlaydi.

Men esa Karimni aytaman. Chunki men uni shug'ullantirganman va u nimalarga qodirligini bilaman. Har qanday holatda Benzema juda yuqori bahoga loyiq.

Men unga yangi rekordlarga erishishini va "Real" va Fransiya jamoasi bilan maydonda porlashini tilayman. U bundan ham ko'prog'iga qodir", – dedi Zidan.

Eslatib o'tamiz, 17 oktyabr kuni Karim Benzema "Oltin to'p"ni qabul qilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Équipe