Zidan Iskoni qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
17 mar 2020
"Real" yarim himoyachisi Isko yozgi transferlar oynasida klubdan kyetmaydi.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning aytishicha, u ispaniyalik xavbekka ehtiyoj sezadi, shu sabab uning sotuvi haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga "Napoli", "Arsenal" va "Chelsi" klublari raqobat qilayotgan edi.

Isko joriy mavsum La Ligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca