Zidan: “Isko - bizning futbolchimiz, ammo...”

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020, 09:31
“Real” ustozi jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Isko haqida gapirdi.

“Isko - bizning futbolchimiz. Ammo bu qanchalik uzoq davom etishini bilmayman. Hozircha u bizniki. Biz undan mamnunmiz, bu bizning futbolchi”, - deydi Zidan.

Isko joriy mavsum “Real” safida 7 ta o'yinda qatnashdi. Ammo hech qaysi bahsda 90 daqiqa harakat qilgani yo'q. Atigi 3 ta bahsda o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express