Zidan bugun "Real"da yubiley o'yinini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2017, 17:28
"Xetafe"ga qarshi o'yin Zinedin Zidan uchun "Real" bosh murabbiyi sifatidagi 100-o'yin bo'ladi.

Madridliklar uning qo'l ostida 74 ta o'yinda g'alaba qozondilar. 17 ta o'yin durang bilan yakunlangan bo'lsa, 8 ta o'yinda yutqazib qo'ydilar.

"Xetafe" "Real"ni so'nggi 15ta o'yinda faqatgina bir marotaba mag'lub eta olgan. O'sha o'yin 5 yil oldin bo'lib o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, "Xetafe" - "Real" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-espana.net