Zidan “Borussiya M”ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

27 okt 2020, 09:13
“Real” ustozi YCHL 2-turida “Borussiya M”ga qarshi bahsdan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“ “El Klasiko”dagi o'yinimizni “Borussiya”ga qarshi bahsda ham ko'rsatishimiz kerak. Yaxshi o'ynadik, jamoa sifatida kurashdik. Eng asosiysi navbatdagi bahsda ham shu ishni qilishga harakat qilamiz. Aynan shu ishni takrorlash bizga kerak. YCHL 2-turidan oldin yuzaga kelgan holatni bilamiz. Biz diqqatni butun 90 daqiqa davomida saqlab qolishimiz, kurashishimiz lozim. Qiyin o'yin bo'ladi. Maydonda qilayotgan ishlarimizga diqqatli bo'lishimiz shart”, - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA