Zidan "Atletiko"ga qarshi durangdan keyin:"Biz bundan ham ko'prog'iga loyiq edik"

29 sen 2019, 07:20
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 7-turida "Atletiko" bilan murosa yo'li tanlangan uchrashuv haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

"Biz jamg'arilgan ochkodan ko'prog'iga loyiq edik. Lekin, o'yinchilarni tabriklashim shart. Biz yana birdamlikni namoyish etib, darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik. Himoyada juda yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo hujumda bizga nimadir yetishmadi. Buni ustida ishlaymiz va albatta yuksaklikka erishishni istaymiz.

O'yin 0:0 bo'lib turganida, ko'proq tavakkal qilishimiz mumkin. Sizga yana bir narsani aytishim mumkinki, kelajakda albatta o'zimizdan qo'shamiz. Hujumdagi barcha harakatlarimizni buzishga intilgan raqib bilan o'ynadik. Bizga omad ozgina yetishmadi va endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz.

Beyl yaxshi o'ynamoqda. Jamoadagi barcha futbolchilar muvaffaqiyat uchun harakat qilishmoqda. Garet jamoaning rivoji uchun yaxshigina mehnat qilyapti. Hamma kabi u ham hujumda ko'proq ish qila oladi, lekin himoyada ham yordam bermoqda", – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/realmadrid