Zidan: "Agarda "Barselona" bizdan ko'p ochko olsa, chempionlik adolatli bo'ladi albatta"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020, 18:23
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan tanqidlarga qanday qarashini aytib o'tdi.

"Menga jamoaning o'yinlari haqida gapirishayotgani unchalik qiziq emas. Har bir insonning o'ziga hos qarashlari va fikrlari bo'ladi va ular buni aytishga haqli. Biz esa har bir uchrashuvga chiqib, g'alabaga erishishimiz kerak. "Real" - bu "Real", futbol tarixidagi eng muhim klub.

"Barselona"? Agarda "Barselona" bizdan ko'p ochko olsa, chempionlik adolatli bo'ladi albatta. Bu yerda adolatsizlik bo'lmaydi", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca