

Fransiyalik mutaxassis bu haqda "Leganes"ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so'ng aytdi.
"Ronaldu bilan hech narsa sodir bo'layotgani yo'q. Krishtianu doimo gol urishini istaymiz. U har safar raqib darvozasini ishg'ol qilishni istaydi, ammo Ronaldu gol ura olmasa buning qo'rqinchli jihati yo'q. Men uni yaxshi formada ekanligini va bor e'tiborini jamoaning vazifalariga qaratganini ko'rib turibman. Unga gol urish yoqadi, lekin gollar yo'qligi Krishtianuni havotirga solmaydi" - deydi Zidan.
Joriy mavsumda Ronaldu LaLiganing 8 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



