Zidan: "Agar menda 4ta o'zgarish imkoniyati bo'lganda ham, Beylni tushirmasdim"

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 11:49
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Betis"ga qarshi bahsdan (0:2) so'ng Garet Beyl haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Beyl bu yerda juda ko'p g'alaba qozondi, ammo biz bugungi kun bilan yashayapmiz. Biz o'tmishni unutmaymiz, lekin hozirgi kun bilan yashashimiz kerak".

"Oxirgi to'rt hafta mobaynida men boshqa futbolchilarga ko'proq ishonch bildirdim. Agar menda to'rtta zaxira imkoniyati bo'lganda ham, Beylni maydonga tushirmagan bo'lardim.

Men qarorlarni qabul qilaman va albatta buni klub manfaatlaridan kelib chiqib qilishim kerak. Transferlar oynasi? Bilmadim, nima ro'y beradi"

Eslatib o'tamiz, Beyl joriy mavsum LaLiga doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal