Joze Mourinyu: "Bavariya" Gvardiola kelgach kuchsizlandi"

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 16:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo UEFA superkubogidagi raqibi bo'lmish "Bavariya" kuchiga baho berdi, deya xabar bermoqda Goal.com.

"Ha, "Bavariya" o'tgan yili hammadan kuchli edi. Chunki unda jamoani Xaynkes boshqarayotgan edi".  

"Hozir jamoada boshqa murabbiy va o'yini oldingichalik chiroyli emas, ham ancha kuchsizlashgan. Shuning uchun Yevropa Superkubogida aynan "Chelsi" favorit bo'ladi deb hisoblayman. Chunki Gvardiola bilan "Bavariya" kuchsizlanib qolgan".  

"Nega men bundan deb o'ylayman? Chunki bizda birgalikda o'yin tajribasi oshgan, tayyor uslubli jamoa bor. Ularning jamoasida esa hammasi o'tgan mavsumdagidan o'zgartirib yuborilgan", dedi Mourinyo.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru