Joze Mourinyo: “Torresning o'yinidan mamnunman”

Tolibjon Qosimov
30 sen 2013, 14:49
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo, klubning “Tottenxem”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinidan so'ng (1:1), 81-daqiqada maydondan chetlatilishiga qaramay jamoa hujumchisi Fernando Torresni maqtovga loyiq deb bildi.

- Torres – juda kuchli o'yinchi. Men uning “Chelsi”dagi o'yinlarini bundan oldin ham ko'rganman va o'shanda u menga kuchli o'yinchi sifatida tasurot qoldirmagan. Biroq ayni paytda u ajoyib sport formasida. Fernando “Sanderlend”ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi. Men uning o'yinidan mamnunman, - Mourinyoning so'zlarini keltiradi Goal.com.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum premer-ligada 5 ta o'yin o'tkazgan futbolchi, birorta ham gol ura olmagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru