Joze Mourinyo: "Raqib tanlagan uslub meni ajablantirdi"

5 may 2014, 01:10
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo "Norvich" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Uchrashuv tinchroq o'tdi. Premer ligada qolish uchun kurash olib borayotgan jamoa hujumga o'tgisi kelmadi va asosiy e'tiborini himoyaga qaratdi. "Chelsi" esa kamiga uchinchi o'rinni naqd qilib qo'yganiga qaramasdan, g'alaba uchun o'ynadi.
Birinchi bo'limda shogirdlarim juda sekin harakat qilishdi. Ikkinchi taymda esa kuchli ishtiyoq bilan harakalandik.
Meni "Norvich" jamoasi tanlagan uslub ajablantirdi. Men "Norvich" tavakkal qilib hujumga o'tadi deb o'ylagandim. Lekin bunday bo'lib chiqmadi.
Lekin men ularni tanqid qilmoqchi emasman. Bunga haqqim yo'q.
Ikkinchi bo'limda Eden Azar va David Luiz o'yinimizni tezlashtirishdi. Lekin uchrashuv taqdirini gollar hal etadi. Ammo bizga gol kiritish nasib etmadi.


Manba: sports.ru