Joze Mourinyo 24 martga qadar ayblovga javob berishi kerak

Tolibjon Qosimov
20 mar 2014, 11:53
Bugun Angliya futbol Assotsiatsiyasi "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning "Aston Villa"ga qarshi o'yindagi gaplariga nisbatan o'z qarorini chiqardi.
E'londa shunday yozilgan: "Joze Mourinyo "Aston Villa"ga qarshi o'yinning 90-daqiqasida hakamga nisbatan qilgan harakatlari qoniqarsiz deb topildi. Mourinyo o'ziga nisbatan aytilgan ayblovlarga 24 martga qadar javob berishi kerak", - deb xabar bermoqda "ko'klar" rasmiy sayti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net