Jorje Mendesh: "Ronaldu futbol tarixiga barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi deb kiritiladi"

Tolibjon Qosimov
5 fev 2014, 16:41
"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh futbolchi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Krishtianu qaysi klubda o'ynagan bo'lsa o'sha yerda yetakchi bo'lgan. Bunga sabab – faoliyatining har bir bosqichida erishgan rivojlanishdir.

Ronaldu futbol tarixiga barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi deb kiritiladi. Shaxsan men uchun u hozirning o'zida shunday maqomda.

Krishtianu "Real"dagi barcha rekordlarni yangilaydi. U imkon qadar ko'proq sovrinlarni yutmoqchi", – deydi Mendesh.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru