Jilardino "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
2 sen 2013, 14:33
"Jenoa" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Alberto Jilardino "Yuventus"ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia.
Turin klubi "Milan"ga o'tgan Alessandro Matrini o'rniga futbolchi qidirmoqda. "Jenoa" prezidenti Enriko Preciosi Italiya chempionlari transferning so'nggi kuni taklif yuborishganidan norozi.

– Katta klublar futbolchini dedlaynning so'nggi soatlarida sotib olmoqchi bo'lishsa, bu noto'g'ri, – deydi Preciosi. – Agar biz Jilardinoga o'rinbosar topa olmasak, fojea bo'lmaydi.

Bu mavsumda Jilardino Italiya A seriyasida ikkita o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru