Jerrard: "Gonduras futbolchilari judayam qo'pol o'ynashdi"

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2014, 08:50
Angliya terma jamoasi sardori Stiven Jerrard Gondurasga qarshi o'yin natijasidan (0:0) norozi ekanligini bildirib o'tdi.
"Biz norozimiz. Hakamlik sifati ham yomon bo'ldi.
Ushbu o'yinda boshqaruv bo'lgani yo'q. Gonduras futbolchilari ko'plab follarga yo'l qo'yishdi. O'yin o'rtoqlik o'yini ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ular judayam qo'pol o'ynashdi. Yaxshiyamki, hech kim jarohat olmadi", - deydi Jerrard.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com