Jeparovdan gol, "Seongnam"da mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 19:58
Janubiy Koreya K-ligasida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi o'z uyida "Busan I'Park"ni qabul qilib 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Jeparov to'liq o'ynadi va 89-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi.

21 turdan so'ng 18 ochko to'plagan "Seongnam" musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 24 avgust kuni "Suvon Blyuvingz"ga qarshi safarda o'tkazadi.

Janubiy Koreya chempionati
"Seongnam" - "Busan I'Park" 2:4
Gollar:
Dong Xi Kim 60, Server Jeparov 89 - Sang Xyub Lim 8, 83, Fagner 30 penalti, Si Jong Ju 84

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia