Jeymi Karrager: "Suares ham, Starridj ham hujumchi ortida o'ynay olmaydi"

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 16:22
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Luis Suares va Deniel Starridj borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Luis Suares maydonga tushishi kerak, u top-darajadagi futbolchi. Rodjers Suaresa yoki Starridjdan birini qanotga o'tkazsa kerak.

Menimcha ulardan biri hujumchi ortida o'ynasa yaxshi bo'lmaydi, sababi bunda hujumchi orqaga ko'p qaytishi lozim bo'ladi.

Ikkita hujumchi bilan o'ynash? Rodjers uchta yarim himoyachi bilan o'ynashni hush ko'radi shu bois ikki hujumchini maydonga tushirmasa kerak", – deydi Karrager.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru