
"Fikrimcha, eng muhimi - ishonchni yo'qotmaslik va bor kuchimiz bilan mag'lubiyatga uchrash niyatimiz yo'q ekanini namoyish etish. Buning uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Jamoamiz yaxshi shakllangan va tartibli. Buni mavsum davomida isbotlab kelmoqdamiz. Ko'p narsa jamoaviy ruhiyatga bog'liq", dedi futbolchi.