JCH-2014. "H" guruhi. Belgiya va Jazoir keyingi bosqichda yoxud Rossiya so'nggi imkoniyatdan ham foydalana olmadi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014, 03:29
Jahon chempionati guruh o'yinlariga ham yakun yasaldi.
Mundialning "H" guruhi peshqadami Belgiya termasi a'zolari ikkinchi turdan so'ng keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal etib qo'yishgan edi. Qolgan uchta jamoa Rossiya, Jazoir va Janubiy Koreyalarda so'nggi tur oldidan imkoniyatlar mavjud edi.



Belgiya uchinchi turda Janubiy Koreya bilan bahslashdi. Asosan ikkinchi tarkib futbolchilari bilan harakat qilgan Belgiya osiyo vakillarini kichik hisobda mag'lub etishni uddasidan chiqa oldi.  Vertongenning yagona goli belgiyaliklarga guruhda yuz foizlik natijani qayd etishlariga zamin yaratib berdi.



Guruhdagi ikkin bellashuv tom manoda "H" guruhi final bahsiga qiyos qilindi. Sababi, Rossiya agarda Jazoirni mag'lub etadigan bo'lsa, unda Fabio Kapello jamoasi keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qilardi. Jazoirni esa mag'lubiyatdan boshqa natija qanoatlantirardi. Uchrashuv debyutidayoq ruslar hujumchisi Kokorin hisobni ochishga erishdi. Lekin ikkinchi bo'limda Jazoir terma jamoasi a'zolari jarima to'pidan so'ng Slimanining aniq harakati evaziga muvozanatni tiklashga erishishdi. Ushbu hisob o'yin so'nggigacha o'zgarmadi va Jazoir Belgiya jamoasi bilan birgalikda keyingi bosqichga yo'l olishdi. Janubiy Koreya hamda Rossiya terma jamoalari a'zolari esa buyog'iga oynai-jahon qarshisi oldida mundial o'yinlarini tomosha qilishadi.



JCH-2014. "H" guruhi, 3-tur.

Janubiy Koreya - Belgiya 0:1
27 iyun. 01:00

Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

Yordamchi hakamlar: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya)

Zaxira hakami: Viktor Karrillo (Peru).


Gol
: Vertongen (77)

Janubiy Koreya: Chon Son Ren, Li Yun, Xon Chjon Xo, Kim En Gvon, Yun Suk En, An Guk En (Li Kin Xo, 46), Ki Son En, Li Chun Yun, Gu Chja Chxol, Son Xin Min (Di Jong Vong, 74), Kim Shin Uk (Kim Bo-Kyung, 66).

Belgiya: Kurtua, Vertongen, Fellayni, Miralyas (Azar, 88), Mertens (Origi, 60), van Buyten, Defur, Lambarts, Dembele, Yanuzay (Chadli, 60), Vanden Borre.

Ogohlantirish
: Xong (35), Dembele (50)

Chetlatish
: Defur (44).


Jazoir - Rossiya  1:1
27 iyun. 01:00
Bosh hakam
: Junayt Chaqir (Turkiya)
Yordamchi hakamlar
: Bahattin Duran (Turkiya), Tariq Ongun (Turkiya)
Zaxira hakami
: Joel Aguilar (Salvador)

Gol
: Kokorin, 6 - 0:1. Slimani, 59 - 1:1.

Jazoir
: Mboli, Belkalem, Allish, Mesba, Feguli, Braximi (Yebda, 71), Medjani, Slimani (Sudani, 90),  Bentaleb, Jabou (Gilyas, 77), Mandi.

Rossiya
: Akinfeev, Kozlov, Ignashevich, Glushakov (Denisov, 46), Kokorin, Kerjakov (Kanunnikov, 81), Berezuckiy, Shatov (Dzagoev, 67), Samedov, Fayzulin, Kombarov.

Ogohlantirishlar
: Mesba 39, Kombarov 56, Kozlov 57, Gilyas 86, Kadamuro 90.

Yakuniy jadval

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Belgiya33004 - 139
2Jazoir31116 - 514
3Rossiya30212 - 3-12
4Janubiy Koreya30123 - 6-31


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia