JCH-2013 (U-17). Ochilish uchrashuvini meksikalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2013, 12:56
Bugun BAAda o'smirlar (U-17) o'rtasida futbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi.
Abu Dabida joylashgan “Shayx Zayd” o'yingohida Braziliya – Slovakiya bahsi bilan kichik mundialga start beriladi.

FIFA saytining xabar berishicha, turnirning ochilish uchrashuvini meksikalik hakam Marko Rodriges boshqaradi. Marko Rodriges 1999 yildan beri xalqaro darajadagi o'yinlarni boshqarib kelmoqda. U 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2014 yilgi mundialda qatnashish uchun meksikalik hakamlar orasida eng asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

X.Xoliqov tayyorladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia