Jazoirning "Setif" klubi Afrika Chempionlar ligasini yutdi
Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 09:03
Jazoirning "Setif" klubi Afrika Chempionlar ligasining ikkinchi finalida "Vita" (Kongo DR) bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Dastlabki o'yinda "Setif" o'z maydonida 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Shu tariqa Jazoir klubi qora qita Chempionlar ligasida zafar quchdi va dekabr oyida Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.