Jardim: Falkao Lillga qarshi o'ynay olmasdi, boshqa hech nima deya olmayman

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014, 11:50
Monako bosh murabbiyi Leonardu Jardim jamoa hujumchisi Radamel Falkaoning ketishi borasidagi gaplarga izoh berdi.
Falkao ushbu o'yinda maydonga  tusha olmasdi. Boshqa hech narsa deya olmayman. U ketadimi yoki yo'qmi bilmayman. Ushbu holatni muhokama qilishni istamayman. Menga Falkao yoqadi, lekin qarorni boshqalar qabul qiladi. Aytganimdek ushbu loyihani men yaratmaganman, - deydi Jardim L'Equipe nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com