Jahon chempionatida qatnasha olmaydigan Braziliyalik yulduzlar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2014, 09:58
Kecha Luis Felipe Skolari jahon chempionatida qatnashadigan Braziliya terma jamoasining tarkibini e'lon qildi. Ushbu tarkibga kirmay qolgan yulduz futbolchilarni yodga olib o'tmoqchimiz.

Skolari Robinoni tarkibga jalb qilishi kutilgan edi. Lekin yakunda uning o'rniga Bernard tanlandi.


Lukas Leyv ham mundialni tomoshabinlar safida tomosha qiladigan bo'ldi.


O'ziga hos kuchli zarba egasi bo'lgan Aleksga ham tarkibdan joy topilmadi.


Leandro Kastan ushbu mavsumda "Roma" safida yorqin o'yin namoyish qilayotgandi. Lekin, Skolari...


JCH-2010da Kakaga jarohati halal bergandi. Endilikda esa uni tarkibga kiritishmadi. Afsus...


Mavsum qaxramonlaridan biri "Atletiko" himoyachisi Filipe Luis ham bosh murabbiy nazaridan chetda qoldi.


Atletiko futbolchisi Mirandada ham shunga o'xshash vaziyat.


Liverpul futbolchisi Koutino Angliyada chempionlikni deyarli qo'ldan berdi, endilikda u JCHni ham o'tkazib yuboradi.


Lukas Mour uchun hali barchasi oldinda deb umid qilib qolamiz.


Ronaldinyoning xam tarkibga kirishiga xech kim shubha qilmayotgan edi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia