

Bu 18 yoshli futbolchiga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu ma'lumotni Rossiya va Ukrainaning bir nechta saytlari ham tasdiqlagan.
Azizjon G'aniev Qarshining “Nasaf” klubi futbolchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsumda “Nasaf” tarkibida 17ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shulardan 11ta o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan.
G'aniev shu yili Bahraynda o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi tarkibida 1/4 finalga qadar yetib borgandi.




