"Zenit" Iroq terma jamoasi yarim himoyachisini xarid qilishga yaqin

Alisher
28 yanv 2020, 12:21
"Al Shorta" o'yinchisi Safa Xadi "Zenit"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda iroqlik jurnalist Ali Nuri ma'lum qildi.

"Safa Xadi "Zenit" bilan shartnoma imzolashga yaqin. U qishki transferlar oynasidayoq klub futbolchisiga aylanishi mumkin", - deb xabar bermoqda Ali Nuri.

Aynan Ali Nuri eronlik hujumchi Syerdar Azmunning "Zenit"ga transferi borasida yordam bergan.

21 yoshli futbolchi 2018 yildan Iroq terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/iraqiproplayers