"Zenit" futbolchisi PSJga o'tdi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 14:27
"Zenit" yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini PSJda davom ettiradi.

Parij klubi hamda 24 yoshli argentinalik futbolchi o'rtasidagi bitim 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Paredes yangi jamoasida 8-raqamda o'ynaydi.

Oldinroq, PSJ Paredes uchun "Zenit"ga 40 mln. evro hamda bonus ko'rinishida 5 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi. Argentinalik yarim himoyachi 2017 yilning yozida 23 mln. evro evaziga "Roma"dan "Zenit"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr