"Zenit" braziliyalik futbolchining transferini e'lon qildi

Alisher
6 okt 2020, 18:08
"Sporting" yarim himoyachisi Vendel Vale "Zenit" o'yinchisiga aylandi.

Peterburg klubi braziliyalik futbolchining transferini e'lon qildi. Futbolchi klub bilan 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.

Xabarlarga ko'ra, Vendelning transferi "Zenit" uchun 20 million evroga tushdi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi "Sporting" (Lissabon)ga 2018 yilda "Fluminense"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fc-zenit.ru