Zaynutdinov Finlyandiyaga urgan g'alaba golini Alaba uslubida nishonladi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2023, 18:58
Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi Baxtiyor Zaynutdinov Finlyandiyaga qarshi bahsda dublga erishdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida qozog'istonliklar foydasiga hal bo'ldi. Jamoaning "Beshiktosh" klubida o'ynaydigan yarim himoyachisi dublga erishdi. Zaynutdinov 89-daqiqada g'alaba to'pini kiritgach, golini "Real" himoyachisi David Alaba singari stul ko'targan holda nishonladi.



Eslatib o'tamiz, avstriyalik himoyachi madridliklar safida YCHLning pley-off bosqichida PSJ darvozasiga jamoadoshi tomonidan gol urilgach, shunday usulda tantana qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia