Zayniddin Tojiev murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida

Narzulla Saydullayev
3 fev 2017
O'zbekiston chempionatining ko'p karra g'olibi Zayniddin Tojiev murabbiylik soxasida o'z faoliyatini boshlashga yaqin turibdi.

Aksar futbolchilardan farqli ravishda MTJning sobiq hujumchisi faoliyatini bolalar futbolidan boshlash niyatida. Futbolchi shu kunlarda Toshkentda faoliyatini boshlaydigan JFL-Tashkent bolalar futbol klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Aynan shu maktab qoshida  o'z kelajagini ko'rayotgan yuqori dribling egasi bo'lgan Tojievlarning to'ng'ichi, bosqichma-bosqich oliy liga murabbiylari qatoridan joy olishni maqsad qilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia