Ilgari bir necha yillar davomida jamoa darvozasini qo'riqlagan Sergey Zaxareckiy klubga kelib ish boshlash arafasida turibdi. Bu haqda Baxtiyor Ashurmatovning o'zi aytib o'tdi. Mavsum-2013da "Buxoro"da Tachmurod Agamurodovga yordam bergan Zaxareckiy endilikda Namangan jamoasida darvozabonlar bilan ishlaydigan ko'rinadi. Yarim yil katta murabbiy lavozimida ishlab kelgan Robert Gay esa jamoa bilan xayrlashgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Robert Sergeevich vodiyning boshqa bir jamoasi "Andijon" murabbiylar shtabidan o'rin olgan. Shu bois "Navbahor" ikkinchi murabbiy uchun hozirda bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Bu qaysi murabbiy ekanligini tez orada bilib olsak ajab emas.
Darvoqe, bir necha yillardan buyon yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan Tohir Madrahimov o'z ishini davom ettiradigan bo'ldi.