Zanetti: “Mourinyo “taxt”ga tezroq qaytmoqchi”

“Inter” klubi vice-prezidenti Xaver Zanetti portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning MYU bosh murabbiyligini tark etganiga izoh berdi.

U shuningdek milanliklar hujumchisi Mauro Ikardining shartnomasini uzaytirishi borasidagi ham to'xtaldi.

“Mourinyo uchun hammasi bu taxlit tugaganidan afsusdaman. U bir necha bor kuchli mutaxassis ekanligini isbotlagan. Barcha murabbiylar faoliyatida shunday “qora chiziq”lar bo'ladi. Ammo men Jozeni bilaman. U tez orada o'z “o'rni”ga qaytadi. Chunki biz uni bunday holatda ko'rib o'rganmaganmiz.

Ikardi? Har bir kishi o'z ishiga hurmat bilan yondoshishi lozim. Eng muhimi Mauro “Inter”da baxtli. U o'z o'yini bilan buni isbotlamoqda. Barcha uning o'yinidan, harakatlarida xursand bo'lmoqda”, deya Zanettining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere dello Sport.


Manba: Corriere dello Sport.