Zair-Emeri PSJni tark etishni istamayapti

Sherzod Nurmatov
3 sen 2026, 15:02
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri “Pari Sen-Jermen”ni tark etishni rejalashtirmayapti.

20 yoshli fransiyalikning 2029 yilgacha mo'ljallangan amaldagi shartnomasi bor.

“Uorren hozircha ketmoqchi emas. U klubni tark etish haqida o'ylash uchun Parijga haddan tashqari ko'ngil qo'ygan. 20 yoshida uning hisobida 187 ta professional o'yin va Fransiya terma jamoasi safida 13 ta bahs bor. Kamdan-kam klublar unga shunchalik ko'p o'yin amaliyoti taqdim eta olardi”, – deya xabar berishdi futbolchining yaqin atrofidagilar.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 80 million evroga baholamoqda.

Zair-Emeri ushbu mavsum barcha turnirlarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe