Zahro Karimovani tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018, 12:31
Bugun “Nasaf” PFK marketing bo'limining rahbari Zahro Karimovaning tavallud ayyomi kuni.

Zahro Karimova ancha yillardan buyon "Nasaf" klubida mehnat qilib kelmoqda. O'ziga topshirilgan har qanday vazifani astoydil bajarishga intiladigan xodimaning, klub jamoasida o'z o'rni va obro'yi bor. Chunki, Zahro Karimova ham  klub yutuqlariga munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Bugun klubning ana shunday mehnatkash va latofatli xodimasi o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Klub rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari nomidan Zahro Karimovani bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga mustahkam sog'lik, uzoq umr, baxt-saodat tilagan holda, farzandlarini kamolini, baxtini ko'rib yurish nasib etsin, deymiz.

Zahroxon  yana bir marta tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!

“Nasaf” PFK jamoasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz