Zafarmurod Abdirahmatov: "Bunday muxlislar yonida yutqazish yarashmasdi"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2023, 23:20
U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin O'zbekiston termasi yarim himoyachisi, termamiz tarkibidagi gol muallifi Zafarmurod Abdirahmatov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin yaxshi bo'ldi. Bor kuchimizni Indoneziyada ko'rsatamiz. Ikkita o'yinimiz qoldi, nasib qilsa, chempionlikni ham qo'lga kiritamiz. 

- Hech kim gol urmaganidan keyin o'zingiz gol urib yubordingiz.

- Shunday (kuladi). Kimdir mas'uliyatni bo'yniga olishi kerakku.  Muxlislarga rahmat aytaman. Super atmosfera bo'ldi. Ularni yonida yutqazish yarashmasdi. Barchaga rahmat.

- Avstraliya gol urganidan keyin ichingizda qanday kechinmalar o'tdi?

- Nima bo'lsa ham keyingi golni biz urishimiz kerak deb turgandim. Biz uddaladik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia