

- Avvalambor jamoamizning o'rinbosarlar tarkibi yirik hisobda g'olib bo'lgani meni juda xursand qildi. Biz Qashqadaryodan yaxshi futbolchilarni yetishtrish uchun mehnat qilmoqdamiz. Bu mehnatlarimiz samara berayotgani xursand qilmoqda.
Asosiy tarkibimiz ham Qo'qonga faqat g'alabani ko'zlab tashrif buyurgan. Bo'lajak o'yin oson bo'lmaydi. Qo'qonliklar ham osonlikcha ochko bermasliklari aniq. Shunday bo'lsada jamoamning g'alaba qozonishini juda istayman. Albatta Qo'qon jamoasiga ham omad tilayman. Chiroyli o'yin bo'lishini kutyapman", – deydi Zafar Xolmurodov.



